Dog‘istondagi teraktdan ko‘zlangan maqsad ma’lum qilindi
Dog‘istondagi terrorchilar dastlab Derbentdagi cherkov bosh ruhoniysi Nikolay Kotelnikovni o‘ldirishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Bu haqda “Izvestiya” gazetasi Dog‘istonda o‘ldirilgan jangarilarning yozishmalarini o‘rganish natijalariga tayanib xabar bergan.
Nashrning yozishicha, Kotelnikov dastlab hujumning asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan. Teraktda Derbentdagi sinagoga va pravoslav cherkovlari hamda Maxachqal’adagi hujumlari rejalashtirilgan bo‘lgan.
Jangarilarning shaxsi aniqlangan. Hujumni tashkil etishda ishtirok etgan va terrorchilarni qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan shaxslar ozodlikda bo‘lishi mumkin.
“O‘ldirilgan terrorchilar telefonlaridagi yozishmalarga asoslanib, hujum taxminan bir oy davomida rejalashtirilgan deb taxmin qilish mumkin”, — deydi nashr suhbatdoshi.
23 iyun kuni Dog‘istonda sodir etilgan teraktlar chog‘ida kamida 19 kishi halok bo‘ldi: 15 politsiyachi va to‘rt nafar tinch aholi. Besh nafar terrorchi ham o‘ldirildi.