Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 10 dekabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 26,56 so‘mga oshib, 9 537,5599 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi 69,31 so‘mga ko‘tarildi va bir yevro 10 545,67 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 2,09 so‘mga qimmatlab, 149,88 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.