Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 54 million nafarni tashkil etdi
Jons Xopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kungacha dunyo bo‘yicha 54 million kasallanganlar aniqlangan bo‘lib, 1,3 milliondan ortiq bemor vafot etgan va 34,5 million bemor tuzalgan.
AQShda bir sutkada 184,5 ming holat antirekord ko‘rsatkichi qayd etildi.
JSSTning Afrikadagi vakolatxonasi qit’ada COVID-19 qurbonlari soni 46 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
Polshada antirekord: bir sutkada 548 bemor vafot etdi.
Belarusda aniqlangan holatlar bo‘yicha sutkalik o‘sishning yangi maksimumi — 1248 kishi.
Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov mamlakat iqtisodiyoti qat’iy karantinga bardosh bera olmasligini ma’lum qildi.
Avstriyada seshanba kunidan boshlab milliy lokdaun tizimi kiritiladi.
Yaponiyada koronavirus epidemiyasi boshidan beri ilk bor ketma-ket uch kun sutkalik kasallanishning rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi — birgina shanba kunida 1733 holat.
Gretsiyada noyabr oyi oxirigacha boshlang‘ich maktablar va bolalar bog‘chalari faoliyati to‘xtatiladi.
Eron hukumati 18 noyabrdan boshlab koronavirus testi natijalarisiz mamlakat bo‘ylab harakatlanish uchun taqiqni joriy etdi.