Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 64 milliondan oshdi
Bugun AOKA zalida o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov epidemiologik vaziyat bo‘yicha muhim ma’lumotlarni ma’lum qildi:
2 dekabr holatiga ko‘ra, dunyoning 218 davlatida jami 64,1 million nafar bemorda koronavirus aniqlangan. Sog‘ayganlar — 44,4 million nafar, vafot etganlar — 1 million 487 ming nafar.
So‘nggi bir sutkada 577,1 ming yangi kasallanish qayd etilib, 11,8 ming nafar bemor vafot etdi.
Asosiy kasallanish o‘choqlari:
AQSh — 14,108,490 (+182,172) fuqaro kasallangan, 276,976 (+2,611) bemor vafot etgan.
Hindiston — 9,499,710 (+36,456) fuqaro kasallangan, 138,159 (+500) bemor vafot etgan.
Braziliya — 6,388,526 (+ 52,248) fuqaro kasallangan, 173,862 (+697) bemor vafot etgan.
Rossiya — 2,322,056 (+26,402) fuqaro kasallangan, 40,464 (+569) bemor vafot etgan.
Fransiya — 2,230,571 (+8,083) fuqaro kasallangan, 53,506 (+466) bemor vafot etgan.
Qo‘shni respublikalarda:
Qozog‘iston — 132,348 (+689) fuqaro kasallangan, 1,990 bemor vafot etgan.
Qirg‘iziston — 73,178 (+371) fuqaro kasallangan, 1,275 (+4) bemor vafot etgan.
Afg‘oniston — 46,717 (+219) fuqaro kasallangan, 1,797 (+23) bemor vafot etgan.
Tojikiston — 12,231 (+37) fuqaro kasallangan, 86 bemor vafot etgan.
O‘zbekistonda jami 73 335 kishida koronavirus aniqlangan, hozirgacha 70 534 nafar (96 foiz) bemor butunlay sog‘aydi.
Davolanayotgan 2190 nafar bemor holati:
▪️ 39 nafari — o‘ta og‘ir;
▪️ 177 nafari — og‘ir;
▪️ 1974 nafari — qoniqarli.
2 dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizda mavjud virusologik laboratoriyalarda mavsum boshidan buyon 4,621,945 ta test sinamalari o‘tkazildi.