Dunyo davlatlarining qashshoqlik reytingi e’lon qilindi

Global Finance jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning eng qashshoq davlatlari reytingi chop etildi. Unda Janubiy Sudan, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi dunyodagi eng qashshoq davlatlar sifatida tan olingan.

Mazkur ro‘yxatda O‘zbekiston 67-o‘rin bilan Nauru va Marokash o‘rtasida joylashgan. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining pozitsiyasi:
Tojikiston – 43-o‘rin;
Qirg‘iziston – 48-o‘rin;
Turkmaniston – 101-o‘rin;
Qozog‘iston – 128-o‘rin.