Dunyo mamlakatlarining juda qisqa, nihoyatda uzun, juda yoqimli va g‘alati madhiyalari

Har bir mamlakat o‘z davlatining asosiy qo‘shig‘i – madhiyasiga ega. Unda mamlakatning ustuvor yo‘nalishlari va qadriyatlari aks ettirilgan deb hisoblanadi. Biroq, hamma joyda ham bunday emas ekan. Masalan, Polsha va Fransiyada ancha ilgari bo‘lib o‘tgan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan voqealar asosida yozilgan qo‘shiqlar madhiya vazifasini bajaradi. Bunga hamma ko‘nikib ketgan.

Boshqa mamlakatlardagi madhiyalarning ham o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Ispaniya madhiyasida so‘z yo‘q. Kosovo, Bosniya va Gersegovina va San-Marinoda ham matnsiz madhiyalar mavjud. Ammo Ispaniyadagi holat eng hayratlanarlisi, negaki mamlakat uch asr davomida bu masalada bir qarorga kela olmayapti.

Yaponiya madhiyasi

Японский гимн исполняют в разных ситуациях, в школах тоже.

Yaponiya madhiyasi dunyodagi eng qisqa madhiyalardan biridir. Uning matni Heyyan davrida, ya’ni ancha vaqt oldin yozilgan, o‘shanda bu shunchaki mustaqil she’r bo‘lib, madhiya matni hisoblanmangan.
Bu matn birinchi bo‘lib X-XI asrlarda chiqqan “Kokin vakasyu” to‘plamida paydo bo‘lgan. Musiqasi esa 1880 yilda bu mamlakatga madhiya kerak deb qaror qilinganda yozilgan. O‘shandan beri qo‘shiq ijro etilib kelganligiga qaramay, u faqat 1999 yilda madhiya sifatida qonun bilan tasdiqlangan.

Kanada madhiyasi

Японский гимн исполняют в разных ситуациях, в школах тоже.

Bu mamlakat madhiyasi dunyodagi eng munozarali madhiya hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda madhiya mahalliy aholi ikki yoki undan ortiq tillarda ijro etiladi. Masalan, Finlyandiyada ulardagi matn ma’nisi bir xil bo‘lsa-da, u fin va shved tillarida kuylanadi. Lekin Kanada madhiyasidagi fransuz va ingliz tillardagi matnlar o‘rtasida deyarli hech qanday umumiylik yo‘q.
Ingliz tilida Kanadani mag‘rur va erkin haqiqiy shimol davlati deb, fransuz tilida esa uning yorqin gulli kamari kuylangan. Mamlakat taraqqiy etib borayotganligidan xursand ingliz tilidagi matn mualliflari kelajakka aniq qarashadi, fransuz matni mualliflari esa o‘tmishga boqadi va Kanadaning “epik tarixi” bilan faxrlanadilar.

Gretsiya madhiyasi

Греки воспевают не страну, а свободу.

Madhiya sifatida yunonlar XIX asrning boshlarida yozilgan olti yuz o‘ttiz ikki qatorli she’rni oldilar. Juda uzun, shunday emasmi? She’r bor-yo‘g‘i yigirma to‘rt kupletgacha (to‘qson olti misra) qisqartirilgan. Amalda esa ozodlikni tarannum etuvchi dastlabki sakkiz misrasigina kuylanadi. To‘g‘ri, madhiyaning mazmuni biroz chalkashgan. Lekin bu chiroyli va lo‘ndagina.

Misr madhiyasi
Sayyohlarni nihoyatda sarosimaga tushirib qo‘yadigan Misr davlati madhiyasi «Biladi, Biladi, Biladi» so‘zlari bilan boshlanadi. Bu qo‘shiq madhiya ekanligidan bexabar kishi beixtiyor o‘ziga “Kim biladi, nimani...” degan savol bersa ajabmas. Aslida esa bu so‘z arab tilidan “Vatan” degan ma’noni anglatadi. Xuddi shu so‘zni BAA madhiyasida ham eshitish mumkin. Misr madhiyasi 1923 yilda yozilgan bo‘lsa-da, Misrning murakkab tarixi tufayli rasman u 1979 yilda mamlakatning asosiy qo‘shig‘iga aylandi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.