Dunyo voqealari qisqa satrlarda

***
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 24 yoshli qizi Ayshat Qodirovani Checheniston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinladi. 2021 yil noyabr oyidan boshlab Ayshat Qodirova respublika Madaniyat vaziri lavozimida ishlagan.

***
Anqaradagi teraktdan keyin Anqara Iroqdagi kurdlarning pozitsiyalariga zarba berdi. Yakshanba kuni Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligi binosi darvozasida xudkush-terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirib, ikki politsiyachini yaralagan edi. Tergov aniqlashicha, hujum qilganlardan biri Kurdiston ishchilar partiyasi a’zosi bo‘lgan.

***
Kanada janubi-g‘arbidagi Banff milliy bog‘ida ayiq ikki kishini g‘ajib o‘ldirgan. Favqulodda xizmatlar odamlar xavfsizligi choralarini ko‘rishmoqda.

***
Parijdagi Olimpiya o‘yinlariga bir yildan kamroq vaqt qolgan ayni damda Fransiyani taxtakana bosgan. Ular uylar, mehmonxonalar, poyezd va boshqa jamoat joylarda shiddat bilan ko‘paymoqda. Bunga endi aftidan siyosat aralashadi.

***
Turkiyada Izmirdan Mersinga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib, yo‘l chetidagi uzumzorga qulab tushgan. Avtobusda 29 kishi bo‘lgan, 15 nafar yo‘lovchi jarohat olgan.

***
AQSh Vakillar palatasi vakili Mett Gets dushanba kuni Kevin Makkartini spiker lavozimidan chetlatish uchun ovoz berishga chaqiruvchi rezolyusiyani taqdim etdi.

***
Kanada va Hindiston o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda. Kanadada garchi barcha diplomatik idoralar ochiq bo‘lsa-da, Hindistondagi elchixona xodimlari sonini juda ehtiyotkorlik bilan qisqartirmoqda. O‘z navbatida Hindistonning Kanadadagi elchixonasi Hindistonga viza olish uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatgan va Kanadadan 10 oktyabrgacha 40 ga yaqin diplomatini olib chiqishni talab qilgan.

***
Yerevan markazida amaldagi hukumatga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda, namoyishchilar ochlik e’lon qilishgan.

***
Pokiston hukumati respublikada noqonuniy yashayotgan 1,1 millionga yaqin afg‘on fuqarolarini deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, vizaga ega bo‘lmagan afg‘onlar, jumladan, tegishli hujjat muddatini uzaytirish rad etilgan shaxslar deportatsiya qilinadi.