Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Erdo‘g‘on Isroilni yadro quroli haqida yolg‘onda aybladi
🔻 Avstriya, Vengriya va Fransiya Yevropa komissiyasining Ukraina bilan hamjamiyatga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash bo‘yicha tavsiyalariga qaramay, Kiyevni Yevropa Ittifoqida ko‘rishni istamayapti. Germaniya, o‘z navbatida, mamlakat assotsiatsiyaga a’zo bo‘lishi mumkinligiga ishonmaydi.
🔻 Kecha AQSh vositachiligida gumanitar sulh tuzish va Isroil qamoqxonalaridagi ellik nafar ayol va bolalar evaziga garovga olingan ellik nafar isroillik tinch aholi va bolalarni HAMAS tomonidan ozod qilish, janglarni vaqtincha to‘xtatish kelishuvi xabar qilingan edi. Biroq keyinchalik Netanyahu 71 kishini ozod qilish va 5 kunlik jangovar harakatlarni to‘xtatishni o‘z ichiga olgan HAMAS bilan garovga olish bo‘yicha AQSh kelishuvidan bosh tortgan.
🔻 Qirg‘iziston Rossiyani mehnat muhojirlari va ularning oilalarini bepul tibbiy sug‘urta qilishga chaqirdi.
🔻 Moskvada noma’lum qurolli shaxslar Presnenskiy Valdagi bank atrofida 300 million rublni o‘g‘irlab ketishgan. Ular avtomashinada kelib, pul olib ketayotgan kurerlarga tashlanib, o‘t ochishgan, keyin pulni olib qochishgan.
🔻 Olimlar o‘tgan bahorda Oyga kimning raketasi tushganini aniqlashdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, bu noma’lum ob’yekt biriktirilgan Xitoy raketasi bo‘lgan. Xitoy vakillari o‘z raketasining Oyga qulagani haqidagi ma’lumotga hozircha izoh berishmagan.
🔻 Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Isroilni yolg‘on gapirishda va yadro quroli borligini tan olishni istamaslikda aybladi Berlindagi matbuot anjumani chog‘ida. Shuningdek, u Isroil “G‘azo sektorini yer bilan yakson qilgani”ni aytdi va G‘azo sektoridagi operatsiya davomida allaqachon 13 mingdan ortiq bolalar, ayollar hamda qariyalar halok bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
🔻 Finlyandiya chegarachilari Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada muhojirlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Muhojirlar bilan to‘qnashuv juma kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Umumiy hisobda o‘tkazish punktiga 30 ga yaqin odam piyoda va velosipedda kelgan. Ulardan biri chegarachilar yonidan yugurib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq ularga gaz qo‘llanilgan.
🔻 Bir umrga qamalgan taniqli terrorchi ayol - Gretsiyaning “Inqilobiy kurash” terrorchilik tashkiloti yetakchilaridan biri Paula Rupe qamoqdan ozod etilgan. Mahkumaning boy jinoiy tarixiga qaramay, sud uni yosh bolasi borligiga asoslanib, shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirgan.
🔻 Janubiy Koreya hukumati it go‘shtini iste’mol qilishni to‘xtatish bo‘yicha qonun qabul qilmoqchi. Sentyabr oyida ommaviy axborot vositalari Janubiy Koreyaning hukmron Fuqarolik hokimiyati partiyasi qonunchilari respublikada it go‘shtini iste’mol qilishni to‘liq taqiqlash bo‘yicha muxolifat tashabbusiga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.