Dunyo voqealari qisqa satrlarda: HAMAS yetakchilariga daxlsizlik berilishi mumkin. Rossiya prezidentlik saylovlarida 29 ta nomzod ro‘yxatga olingan. Hindiston fuqarolari bo‘lgan samolyot hibsga olindi
🔻 Isroil urushni tugatish evaziga G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchilariga immunitet berishi mumkin. The Times of Israel nashrining yozishicha, G‘azoda garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish va guruhga qarshi urushni to‘xtatishni ta’minlaydigan yechim doirasida harakat yetakchilariga qandaydir immunitet berilishi va Qatar yoki boshqa davlatga deportatsiya qilinishi mumkin. Ayni damda Isroil sektorda harbiy amaliyotni kuchaytirmoqda.
🔻 24 dekabr kuni kechqurun Serbiya muxolifati saylov natijalarini bekor qilishni talab qilib, Belgraddagi parlament binosiga bir necha ming kishi hujum qilgan. 30 dan ziyod politsiyachi jarohatlangan, ko‘plab odamlar hibsga olingan. Voqea joyiga Serbiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Bratislav Gashich va ko‘p sonli maxsus kuchlar yetib borgan. Serbiya prezidenti Vuchich xalqqa shoshilinch murojaat qilgan.
🔻 Belgilangan muddat tugashiga bir necha kun qolganida MSK prezidentlik poygasida ishtirok etish uchun arizalarni tekshirishni boshlaydi. Potensial 29 kishi prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkin.
🔻 300 nafar Hindiston fuqarolari bo‘lgan Dubay samolyoti kontrabandasida gumonlanib Parijda hibsga olingan. Parij yaqinidagi kichik Vatri aeroporti yopilgan.
🔻 Eron Tashqi ishlar vazirligida Rossiyaning muvaqqat ishlar vakiliga VI Rossiya-Arab hamkorlik kengashi majlisida qabul qilingan qo‘shma bayonotga norozilik bildirilib, tegishli maktub topshirilgan. Tehron Marokashda bo‘lib o‘tgan VI Rossiya-Arab hamkorlik kengashi bayonotiga Abu Muso, Katta Tunb va Kichik Tunb orollari nomlari kiritilganidan norozi. Eron Fors ko‘rfazidagi bu orollar unga tegishli ekanini da’vo qilmoqda.
🔻 Fox News telekanali AQSh prezidenti Jo Baydenni 2023 yilning katta omadsizi ro‘yxatiga kiritdi. Bu yil uning nomi saylovchilar orasida past reytingda kurashni davom ettirmoqda. So‘rovlar uning qayta saylanishi uchun umidsizlikni kuchaytirmoqda, deya xulosa qiladi telekanal.
🔻 Starbucks kofe tarmog‘i logotipi tushirilgan stakan bilan efirga chiqqan Turkiyaning TGRT telekanali yangiliklar dasturi boshlovchisi Meltem Gunay vazifasidan ajraldi.
🔻 Rossiyadagi kompaniyalarda deyarli 5 million nafar xodim yetishmasligi aytildi.
🔻 Apple kompaniyasi brend reklamasidan zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi. Nashrning qayd etishicha, korporatsiya Family Sharing reklamasi bo‘yicha huquqiy kelishmovchilikni hal qilishga muvaffaq bo‘lgan. Apple zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga 30 dollar tarqatishga rozi bo‘lgan. Da’vo 2019 yilda qo‘g‘atilgan. Jabrlanuvchilar korporatsiya foydalanuvchilarga Apple va boshqa kompaniyalar xizmatlariga obunani yaqinlari bilan bo‘lishish imkonini beruvchi Family Sharing funksiyasini reklama qilish orqali ularni adashtirganini da’vo qilishgan.