Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Isroilga qarshi rezolyusiyani qabul qilindi. Turkiyada AESning birinchi bloki ishga tushirildi. Bayden ilk marta Isroilni keskin tanqid qildi
🔻 BMT Bosh Assambleyasi Falastin-Isroil mojarosi hududida harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi. Hujjat 153 ta davlat vakillari tomonidan ma’qullangan. Rezolyusiyada BMT Bosh Assambleyasi jangovar zonada “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish” va HAMAS harakatining “barcha garovga olinganlarni shartsiz ozod qilish”ga chaqirishi ta’kidlangan. Bundan tashqari, BMT qonunlarga rioya qilishni va tinch aholi xavfsizligini ta’minlashni talab qiladi.
🔻 Myanma ko‘knori yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi va hozirda uni yetishtirishni taqiqlagan Afg‘onistonni ortda qoldirdi.
🔻 Isroil armiyasi seshanba kuni G‘azo sektoridagi janglarda batalonlardan birining qo‘mondoni halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Isroil armiyasi qurbonlarining umumiy soni 113 kishiga yetgan.
🔻 Turkiyada qurilayotgan "Akkuyu" atom elektr stansiyasining birinchi energoblokini ishga tushirildi. "Akkuyu" elektr stansiyasi Turkiya Respublikasidagi birinchi atom elektr stansiyasi bo‘lib, hozirda dunyodagi eng yirik atom qurilish maydonchasi hisoblanadi. AYeSning asosiy aksiyadori Rossiyaning Rosatom davlat korporatsiyasi hisoblanadi.
🔻 Germaniyadagi 4300 ta o‘ta badavlat oila boyligi kamida 1,4 trillion yevroni tashkil etadi – bu mamlakat yillik yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismi yoki yarmigacha degani. Germaniyada milliarderlar uchun soliq stavkalari 1996 yildan beri pasayib kelgan. Mol-mulk solig‘ini to‘xtatib turish, taqsimlanmagan foyda bo‘yicha soliq stavkasi 1996 yildan beri taxminan ikki baravar kamaygan. Qizig‘i, Germaniya bilan birlashganiga 30 yil o‘tganiga qaramay, nemis milliarderlari orasida GDRliklar yo‘q.
🔻 Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukraina rasmiylari Moskva bilan tinchlik muzokaralaridan bosh tortsa, Odessa va Xarkov ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkinligini istisno qilmadi.
🔻 Bayden Oq uyda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ma’qullagan. Shu bilan birga AQSh prezidenti Isroil hukumatini keskitn tanqid ostiga olgan. Aholi hududlarini pala-partish bombalayotgan Isroil dunyo hamjamiyati qo‘llovidan mahrum bo‘lishini aytgan.
🔻 Kanadalik erkak o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odamlarga zahar sotganidan keyin 14 ta qotillikda ayblangan. May oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 57 yoshli Kennet Louni zahar tarqatishda ayblab hibsga olishgan. U internet-resurslar orqali katta dozalarda halokatli modda sotgan. Lou dunyoning 40 mamlakatiga jami 1200 dan ortiq paket jo‘natgan. Britaniya, Amerika, Italiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rasmiylari ham ish yuzasidan tergov boshlagan.
🔻 Vengniya bosh vaziri Orban hatto 27 yetakchi orasida yagona bo‘lsa ham, Yevropa Ittifoqining xato qilishiga va Ukrainaning ittifoqqa kirishi bo‘yicha Kiyev bilan muzokaralar boshlashiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
🔻 JSST G‘azo sektori shimolidagi so‘nggi ishlaydigan shifoxonadagi vaziyatni halokatli deb atadi. AL-Ahli shahrida joylashgan kasalxona "insonparvarlik falokati zonasiga" aylangan. Tibbiyot xodimlari kam, 200 dan ortiq bemor ayanchli ahvolda.
🔻 "Soliq" iyeroglifi Yaponiyada o‘tayotgan yilning ramziga aylandi. Tanlov an’anaviy tarzda iyeroglif savodxonligini tekshirish assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 2022 yil iyeroglifi - "jang, urush" belgisi edi.