Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Rossiya Ukraina bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekani aytildi
🔻 Rossiya Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Bu muzokaralar, jumladan, G‘arb davlati hududida ham o‘tkazilishi mumkin. “Rossiya Federatsiyasi G‘arb davlatlaridan birida Kiyev bilan muzokaralar o‘tkazishga ruxsat beradi. Katta ehtimol bilan, vositachi roli NATO blokiga a’zo bo‘lmagan davlatga bo‘lishi mumkin", deyiladi “Izvestiya” xabarida.
🔻 Qatar, Marokash va Mavritaniya sobiq deputat Piyer Antonio Panseri va uning yordamchisi Franchesko Giorgi orqali Yevroparlamentni manipulyasiya qilish uchun taxminan 4 million yevro sarfladi. OAV oshkor qilgan hujjatlarda Qatardagi inson huquqlari ahvolini qoralovchi oltita parlament rezolyusiyasi bekor qilingani hamda Doha va YeI o‘rtasida vizasiz kelishuvni tasdiqlash ustida ish olib borilgani haqida so‘z boradi.
🔻 Parij chekkasida samolyot bulvarga qo‘ndi, uch kishidan iborat ekipaj jarohat olgan.
🔻 Pokistonda qarindoshlari raqsga tushgani uchun 18 yoshli qizga shafqatsiz munosabatda bo‘lishgan. Bu xayber-paxtunxvalik 18 yoshli qizning noma’lum yigit bilan raqsga tushgani aks etgan video internetda tarqalganidan keyin sodir bo‘lgan. Videosi internetga tarqalgach, qiz yashagan qishloqdagi qabila kengashi uni va uning dugonasini jazolashga hukm qilgan. Ikkinchi pokistonlik qizni huquq-tartibot idoralari xodimlari qutqarib qolishgan. Ishga aloqador oila a’zolari hibsga olingan. Faollar rasmiylardan bunday o‘zboshimchalikka chek qo‘yishni talab qilishmoqda.
🔻 Rossiya prezidenti Putin Braziliyaning 2024 yil kuzida Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan G20ga taklif qilinadi, ammo buning oqibatlari bor. Bahorda Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olishga order bergan edi. U bolalarni Ukrainadan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblanmoqda. Amerika prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin G20 sammitida qatnashmaydi, deydi Bloomberg.
🔻 Gvineya-Bisau prezidenti Oumaru Sisoko Embalo poytaxtda xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi so‘nggi to‘qnashuvlardan so‘ng mamlakat parlamentini tarqatib yubordi.
🔻 AQShning Ukrainaga yordam berish uchun puli tugayapti. Yil oxirigacha Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘siz qoladi. “Kongress chora-tadbirlarisiz yil oxirigacha Ukraina uchun qurol-yarog‘ va jihozlar sotib olish, shuningdek, AQSh harbiy zaxiralarini jihozlash uchun resurslarimiz tugab qoladi”, deb yozgan Oq uy byudjet direktori.
🔻 Belgiyada - Fransiya yaqinidagi Diksyumede shahri parrandachilik fermasida yuqori patogenli parranda grippi epidemiyasi aniqlangan.
🔻 Britaniyaning Attenborough qutb kemasi dunyodagi eng katta aysberg bilan yuzma-yuz keldi. Ushbu uchrashuv tadqiqot kemasi bortidagi olimlarga dunyoning haqiqiy mo‘’jizalaridan birini yaqindan ko‘rish imkonini berdi. Aysberg Londondan ikki baravar katta.
🔻 Qadimiy jihozlar ishqibozi Erik Nayt eski uslubdagi baland g‘ildirakli velosipedda Yaponiyaning Nagasakisidan Yokogamagacha 1500 kilometr masofani 32 kunda bosib o‘tdi.
🔻 Qrim Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet AQSh prezidenti Jo Bayden nomidagi medalni ta’sis etish va u bilan Rossiya Federatsiyasi "xoin"larini taqdirlashni taklif qilgan.
🔻 Armaniston fuqarolari o‘qotar qurollarni erkin olib yurish huquqiga ega bo‘ladi. Ayrim muhokamalardan so‘ng qonunchilik tashabbusi doimiy deputatlik komissiyasining ijobiy xulosasini olgan.