Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Sulh yaqin, Isroil Rafah shahrida o‘t ochishni to‘xtatdi. Peruda 1000 yillik beshta mo‘miyolangan jasad topildi

🔻 Hamas siyosiy byurosi rahbari Haniya sulh bitimi yaqinlashayotganini e’lon qildi, harakat Isroil bilan muzokaralarda Qatar va boshqa vositachilarga o‘z javobini yetkazgan. Isroil mudofaa kuchlari gumanitar maqsadlarda G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida "taktik to‘xtatish"ni ma’lum qilgan. HAMAS Isroil bilan aloqalarda vositachi sifatida ishlayotgan Qatar yaqin soatlarda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini e’lon qilishini kutmoqda.

🔻 Finlyandiya 22 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopmoqchi. Xususan, Finlyandiya harbiylari Salla nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelgan va vaqtinchalik to‘siqlar qurishni boshlagan. “Salla” qochqinlarni qabul qilishda davom etayotgan ikkita nazorat punktidan biridir.

🔻 20 noyabr kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga borgan AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqlagan. AQSh pul yetarli emas deb, Ukrainaning Rossiya bilan urushda mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaydi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Janet Ellen ham ma’lum qilgan. Yaqin orada AQSh Ukrainaga 100 million dollarlik qurol-yarog‘ beradi.

🔻 Meta korporatsiyasi bosh direktori Mark Sukerberg va TikTok bosh direktori Chu Shou Szu AQSh Kongressi Adliya qo‘mitasida voyaga yetmaganlarning onlayn jinsiy ekspluatatsiyasi bo‘yicha tinglovda guvohlik berishi kutilmoqda. “Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlar rahbarlarining ko‘rsatmasini tinglash orqali qo‘mita voyaga yetmaganlarning onlayn jinsiy ekspluatatsiyasi inqirozini hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ladi”, deydi senatorlar.

🔻 Bir kun avval yamanlik xusiylar Qizil dengizda Isroilning “Galaxy Leader” kemasini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Isroil kema Isroilga tegishli emasligini va bortda isroilliklar yo‘qligini aytgan. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan xusiylar matbuot kotibi Yahyo Sarea aytishicha, Isroil bilan aloqasi bo‘lgan barcha kemalar ularning nishoni bo‘ladi.

🔻 AQSh prezidenti Jo Bayden shukronalik kuni an’analariga sodiq qolgan holda 81 yoshini Oq uyda nishonlaydi. Davlat rahbari Amerika an’analariga ko‘ra, Liberti va Bell kurkalarini afv etish marosimida ishtirok etadi. Hozir qushlar Minnesotadan uzoq safaridan so‘ng Willard Intercontinental mehmonxonalaridan birida "ozodlik"ni kutishmoqda.

🔻 Peruda Rimak daryosi yaqinidagi La Florida arxeologik maydonida olib borilgan qazishmalar paytida arxeologlar yoshi 1000 yildan ortiq bo‘lgan beshta mo‘miyolangan jasad topishdi. Topilgan qoldiqlar to‘rt bola va bir katta kishiga tegishli. Bundan tashqari, olimlar eramizdan avvalgi 3500 yilga oid zinapoyalarni topishgan.