Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Yaponiyada birato‘la to‘rt vazir ishdan bo‘shatildi. Dubay COP28: murosaga erishildi, ammo xursandchilik yo‘q. Baydenga navbatdagi impichment tekshiruvi qo‘llab-quvvatlandi
🔻 Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bugun mamlakatning hukmron Liberal-demokratik partiyasining eng yirik fraksiyasida mablag‘ yig‘ish va pora olish bilan bog‘liq siyosiy mojaro munosabati bilan hukumatning to‘rt a’zosi - tashqari iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri, milliy ishlar va kommunikatsiyalar vaziri, qishloq o‘rmon va baliqchilik vazirini almashtirishga qaror qilgan.
🔻 Dubay iqlim sammiti ishtirokchilari qazib olinadigan yoqilg‘i sarfini kamaytirishga kelishib olishgan. Ammo yakuniy hujjatda ko‘mir, neft va gazni bosqichma-bosqich to‘xtatish rejasi ko‘rsatilmaganidan ko‘pchilik norozi.
🔻 AQSh Kongressining Vakillar palatasi prezident Jo Baydenga nisbatan impichmentni qo‘shimcha tekshirish bo‘yicha rezolyusiyani ma’qulladi. Tashabbus Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik, daromad va xarajatlar hamda sud-huquq qo‘mitalaridan Qo‘shma Shtatlar rahbariga impichment e’lon qilish sabablari bor-yo‘qligini tekshirishni davom ettirishni talab qiladi.
🔻 Oq uy: AQShda Kiyevga yordam berish uchun 1 milliard dollar qolgan, 96 foizi allaqachon ajratilgan.
🔻 Rossiya Federatsiyasining Belgorod oblastida avtomashinaning portlashi oqibatida ikki nafar oblast amaldorlari jarohat olgan.
🔻 Polshada yangi bosh vazir Donald Tusk tashabbusi bilan Ichki xavfsizlik agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash markaziy byurosi, Razvedka boshqarmasi, Harbiy razvedka xizmati va Harbiy aksilrazvedka xizmati rahbarlari ishdan bo‘shatilgan.
🔻 Rossiyaning Samara shahrida 30 yoshli ayol katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda. U 24 million rubllik ofis qog‘ozini o‘g‘irlagan va kvartira, xorijiy mashina sotib olgan. Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan ofis xodimi 2020 yilning mayidan 2021 yilning oktyabrigacha 112 ming paket qog‘oz o‘g‘irlagan.
🔻 Bishkekning Tinistanova ko‘chasida Turkiya elchixonasi yaqinida avtomobil portlagan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q
🔻 AQSh milliarderi Ilon Mask Texasning Ostin shahrida universitet ochishni rejalashtirmoqda.
🔻 Germaniya Yevropa Ittifoqiga pul sarflamoqchi emas. Mamlakat Ukrainaga 50 mlrd. yevro miqdoridagi yordam paketidagi o‘z ulushini to‘lashdan tashqari, yaqin yillarda YeIga o‘z hissasini ko‘paytirishni istamasligini ma’lum qilgan.
🔻 Finlyandiya Rossiya bilan chegarada ikkita o‘tish joyini ochdi. Hukumat qaroriga ko‘ra, payshanba kuni Rossiya bilan chegaradagi sakkizta yo‘lovchi o‘tish joyidan ikkitasi ochilgan. Noyabr oyida Finlyandiya hukumati uchinchi davlatlardan migrantlarning ommaviy kirib kelishini aytib, Rossiya bilan chegaradagi yo‘lovchi o‘tish joylarini yopishga qaror qilgan edi.