Dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holatlari soni 723 700 dan oshdi
- 30.03.2020 15:15
- 123
- Xorij

Bugungi kunda dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi Jons Hopkins universiteti onlayn-servisi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi 177 mamlakatda qayd etilgan.
Ushbu kasallikni 723 700 dan ortiq odam yuqtirgan, 152 mingdan ortiq odam sog‘ayib ketgan. Shuningdek, 34 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi.
Bugungi kunga qadar, tasdiqlangan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (143 mingdan ortiq) Italiya (97 mingdan ortiq) va Xitoyni (82 mingdan ortiq) ortda qoldirdi.
Keyingi o‘rinlarda Ispaniya (80 mingdan ortiq), Germaniya (62 mingdan ortiq) va Fransiya (40 mingdan ortiq).
Teglar:
koronavirus dunyodagi vaziyat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Al-Xorazmiy vorislari akademik bilan uchrashdi
- Kecha, 10:35
- Ta’lim
Mark Karni Kanadaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
- 10/03, 09:53
- Xorij
Mart oyida nima ekish mumkin?
- 09/03, 19:16
- Maslahat