Dunyodagi birinchi shaffof televizor sotuvga chiqarildi

So‘z, Xiaomi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Mi TV Lux Transparent Edition modeli haqida bormoqda. Yangi avlod televizori Xitoyning chakana savdo do‘konlari va onlayn platformalarida sotuvga chiqarildi.

Biroq shaffof televizorning narxi arzon emas, u 7 100 AQSh dollari qiymatida baholanmoqda. Shunga qaramasdan, bozorda unga talab katta bo‘lishiga ishlab chiqaruvchilarning ishonchi komil. Televizorning mutlaqo shaffofligi, uni ikki tomondan tomosha qilish imkonini beradi.

Yangi avlod televizori 120 Gs kadr tezlanishi, 55 dyuymli OLED paneli, 4 yaderli CPU ARM Cortex – A73 va GPU Mail-G52 operativ tizimga ega.  Bundan tashqari, u XiaoAl3.0  raqamli ovozli yordamchi, Dolby Atmos texnologiyasi, 32 Gb ichki xotira va 3 Gb tezlanish xotirasi bilan boyitilgan.