Dunyodagi biz bilmagan noodatiy kasblar

Panda qarovchisi, pishloq tinglovchisi... Dunyoda qanday kasblar yo‘q deysiz. Mabodo siz o‘z ishingizni yanada qiziqarlirog‘iga o‘zgartirmoqchi bo‘lib, bu kasblardan birortasini tanlamoqchi bo‘lsangiz, ularning borligi haqida ushbu maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.

Panda nazoratchisi
Ushbu noodatiy xizmat lavozimi Xitoyda taklif qilinmoqda. Gap shundaki, bahaybat pandalar yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar turi, shuning uchun Xitoyning Sichuan provinsiyasida muxsus tadqiqot markazi tashkil etish orqali ularni himoya qilishga qaror qilingan.

Ayiqlarga maxsus o‘qitilgan odamlar – g‘amxo‘r enagalar qarashadi, ularni o‘ynatadi, ovuntiradi. Pandalar o‘zlarini tabiiy va qulay his qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ba’zi hollarda qarovchilar hayvonlar o‘zini begona his etmasligi uchun panda liboslarini kiyadi.
Enaga Pandani parvarish qiladi, ovqatlantiradi, cho‘miltiradi. Bundan tashqari, ular sekin harakatlanadigan ayiqpolvonlarni harakatga keltirish va ular bilan har xil o‘yinlar o‘ynashi kerak.

Pishloq tinglovchisi
Italiyaning shimolidagi yana bir g‘ayrioddiy kasb – bu pishloq tinglovchisi. Gap shundaki, bu yerda qattiq Parmezan pishlog‘i ishlab chiqariladi, uni tayyorlash jarayoni juda murakkab va uch yil davom etadi, texnologiyasida juda ko‘p nozikliklar mavjud.

Pishloq tinglovchisi fermer xo‘jaliklarida ishlaydi, u mahsulot sifati va uning qanchalik pishgan-pishmaganligini baholaydi. Buning uchun u pishloq boshiga kumush bolg‘acha bilan taqillatib, hosil bo‘lgan tovushning tembrini tinglaydi. Ovoz qanchalik baland va aniq bo‘lsa, pishloq shunchalik yaxshi bo‘ladi. Lavozim juda qiyin va mas’uliyatli, chunki berilgan baho ishlab chiqarilgan pishloq partiyasining keyingi talab taqdiriga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Havo degustatori
Xitoyda taklif qilinadigan yana bir kasb – bu havo degustatori. Gap shundaki, mamlakatda havoda ko‘p miqdordagi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan zararli moddalar chiqarilishi tufayli atrof-muhit bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor.

Shu sababli Shitszyachjuan shahrida havoning ifloslanish darajasini hidiga qarab aniqlaydigan ishchilarni yollashga qaror qilindi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan degustatorlar maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi. Xodimga quyidagi talablar qo‘yiladi: u ziravorli taomlarni iste’mol qilmasligi, kosmetika vositalaridan foydalanmasligi, ichmasligi va chekmasligi kerak.

Qotayotgan bo‘yoq kuzatuvchisi
Tinch va meditatsion ishni xohlaysizmi? Marhamat, siz bo‘yoqni quritish bo‘yicha kuzatuvchi sifatida ishga kirishingiz mumkin. Vasvasalarga uchmang, bir qarashda juda oson ko‘rinadigan ish, aslida juda murakkab jarayon. Qotayotgan bo‘yoq mikroskop ostida kuzatiladi, ishchi bo‘yoq zarrachalarining rang diapazoni va tuzilishidagi barcha o‘zgarishlarni qalamga oladi. Bu ish bo‘yoq ishlab chiqaruvchining yuqori sifatli mahsulotiga kafolat berishi uchun amalga oshiriladi.

Bunday faoliyat bir ohangdagi juda monoton o‘tadi, shuning uchun mutaxassis toqatli, qat’iyatli va e’tiborli bo‘lishi talab qilinadi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.