Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

Ginnesning rekordlar kitobi sayti ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi eng keksa odam - ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiya Leonda 112 yoshida vafot etdi.

“Saturnino de la Fuyente Garsiya 112 yoshu 341 kunligida o‘z uyida olamdan o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

Erkak 2021 yil 10 sentabrda Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan, o‘shanda u 112 yoshda edi. Saturnino de la Fueente 1909 yil 11 fevralda Leonda tug‘ilgan.

U kichik bo‘yi (150 santimetr) tufayli Ispaniya fuqarolar urushi (1936-1939) davrida armiyaga chaqirilmagan, keyin o‘zining poyabzal biznesini ochib, askarlar uchun poyabzal yasashni boshlagan. Bo‘sh vaqtlarida u futbol o‘ynashni hush ko‘rgan va o‘z tug‘ilgan shahrining "Kultural Leonesa" jamoasini qo‘llab-quvvatlagan.

Saturnino de la Fuentaning yettita qizi, 14 nevara va 22 chevarasi bor.