Dunyodagi eng keng tarqalgan til qaysi?
🔹 Kislorod yonish uchun zarur modda, vodorod esa yonuvchi gazdir, biroq ular birgalikda suvni hosil qiladi. Suv nafaqat yonmaydi, balki olovni ham o‘chira oladi.
🔹 1863 yilda fantast yozuvchi Jyul Vern “Parij XX asrda” nomli asarida avtomobil, faks apparati va elektr stulini batafsil tavsiflab yozgan. Nashriyot yozuvchini “ahmoq” deb, qo‘lyozmani unga qaytarib bergan.
🔹 1934 yilda vafot etgan fizik-ximik Mariya Kyurining 100 yildan oshgan kiyimlari hali ham radioaktivdir.
🔹 Elektr stulini stomatolog ixtiro qilgan.
🔹 Dastlab otvyortka mixlarni kovlab chiqarish uchun ixtiro qilingan, burama mix esa undan 100 yil keyin ixtiro qilindi.
🔹 Insonning o‘ng o‘pkasi chap o‘pkaga qaraganda ko‘proq havo sig‘diradi.
🔹 Jirafaning bo‘yin umurtqalari soni odamning bo‘yin umrtqalari soni bilan bir xil.
🔹 Akulalar tug‘ilishidan oldin ham xavfli bo‘lishi mumkin. Masalan, olim Styuart Springer homilador akulaning ichki qismini tekshirayotganda embrion tomonidan tishlangan.
🔹 Dunyodagi eng keng tarqalgan til – xitoy tili. Ikkinchi eng keng tarqalgani ispan tili. Inglizlarga faxriy bronza beriladi.
🔹 Misr ehromlari qurilgan miloddan avvalgi III ming yillikda butun yer yuzida taxminan 30 million kishi yashagan. Hozirgi kunda dunyo aholisi har yili qariyb 80 million kishiga ko‘paymoqda.
🔹 Olimlar esnashning fiziologik sababini hali ham aniqlab olishmagan. Bir nazariyaga ko‘ra, esnayotganda odam tanadagi yetishmagan kislorodning katta qismini oladi. Boshqasida esa haddan tashqari qizib ketgan miya o‘z haroratini pasaytiradi. Bu nazariyalar qat’iy isbotlanmagan, biroq yuqumli ekanligi mutlaqo statistik jihatdan isbotlangan.
🔹 Sibirdagi Baykal ko‘li dunyodagi eng chuqur ko‘ldir. Baykal ko‘liga teng bo‘lgan havzani to‘ldirish uchun dunyodagi barcha eng katta - Volga, Don, Dnepr, Yenisey, Ural, Ob, Gang, Orinoko, Amazonka, Temza, Sena va Oder daryolari deyarli bir yil davomida oqishi kerak.
Bahora tayyorladi.