Dunyodagi eng qashshoq davlatlar

2021 yilda yer yuzi aholisi 7,9 milliard kishiga yetdi. Birgina o‘tgan asrning o‘zida dunyodagi odamlar soni 4,35 milliard kishiga ko‘paygan.

Fuqarolarning normal hayot kechirishi nafaqat daromad miqdori, balki uy-joy, hayot uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, buyum yoki dori vositalardan foydalanish imkoniyati bo‘lsa-da, ba’zi bir davlatda bir qarashda tabiiy tuyuladigan ushbu sharoitlar yaratilmagan. Masalan, Oksford universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar dunyo aholisining 76 foizi (5,5 milliardan ziyod kishi) istiqomat qiladigan 103 davlatda kamida 26,5 foiz (1,46 milliard) kishi qashshoqlik yoqasida yashashini ko‘rsatdi.

Eng qashshoq davlatlar asosan avtoritar rejimlar, doimiy harbiy mojarolar, rivojlanmagan iqtisodiyot, umumiy korrupsiya, jinoyatchilik, ekologik qiyinchiliklar va boshqa ko‘plab muammolar hukmronlik qiladigan Afrikada joylashgan. Jahon banki mezonlariga ko‘ra aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot yiliga 1 025 AQSh dollaridan past bo‘lgan mamlakatlarni juda kambag‘al deb tasniflash mumkin. Dunyoning eng boy mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 12 475 dollardan oshadi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining rasmiy ma’lumotlariga asoslanib, xarid qobiliyati nisbatidagi aholi jon boshiga YaIM darajasini hisobga olgan holda, 2021 yilda aniqlangan dunyoning eng qashshoq davlatlar reytingini ko‘rsatamiz.

Markaziy Afrika Respublikasi

Центральноафриканская Республика

Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) 2021 yilda dunyodagi eng qashshoq mamlakat deb hisoblandi. Sobiq fransuz mustamlakasi 1960 yilda mustaqillikka erishdi, lekin yillar davomida davlatni mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan harbiy to‘qnashuvlar, to‘ntarishlar va turli qurolli to‘dalar boshqarib kelmoqda. Aholisi 4,8 million kishini tashkil qiladigan respublikada tabiiy resurslar, oltin, olmos, neftning ko‘pligiga qaramay, mahalliy aholining ko‘p sonli aholisi ko‘chalarda yashashga majbur.

Kongo Demokratik Respublikasi

Демократической Республики Конго

Kongo aholisi taxminan 85,5 million kishi. Bu qo‘shni MARdagidan 16 baravar ko‘p va mamlakat qashshoqlik bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Asosiy sabab ham harbiy va siyosiy to‘ntarishlar. Hatto ulkan foydali qazilma konlari ham davlat turmush darajasini oshirishga yordam bermaydi. Shu kungacha tizimli korrupsiya, jinoyatchilik va hokimiyat uchun kurashga barham berilmagan.

Burundi

Бурунди

11,4 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Sharqiy Afrikadagi Burundi dunyodagi eng qashshoq davlatlar reytingida uchinchi o‘rinda turadi. Inglizlar 200 yil oldin tark etgandan so‘ng mamlakat Belgiya ta’siriga tushib qolgan va Burundi 1962 yilda rasman mustaqillikka erishdi. YaIMning 40 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligi, asosan, choy va qahva eksporti hisobidan ishlab chiqariladi. Davlat zaif infratuzilmaga ega, aholining ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqi cheklangan. Daromadlari past aholi ochlikdan aziyat chekib kelmoqda.

Liberiya

Либерия

Aholisi 4,9 million kishi atrofidagi Liberiya G‘arbiy Afrikada joylashgan va mintaqadagi eng qashshoq davlatdir. 1847 yilda Amerikadan mustaqillikka chiqqan davlat hokimiyat uchun kurash va 100 minglab odamlarning o‘limiga olib kelgan fuqarolar urushlari tufayli o‘z aholisining farovonligini ta’minlay olmadi. Bugungi kunda xalqaro tashkilotlar ko‘magida mamlakatdagi siyosiy vaziyat barqarorlashdi, biroq vayron bo‘lgan iqtisodiyot juda sekin tiklanmoqda.

Niger

Нигер

Dunyodagi eng qashshoq besh davlat reytingini Afrikadagi aholisi 22,8 million kishidan oshadigan yana bir mamlakat – Niger yopib beradi. Bu davlat ham 1960 yilda Fransiya mustamlakasidan chiqib, o‘z mustaqilligiga erishgan. Mamlakat hududining 80 foiziga yaqinini Sahroi Kabir cho‘li egallaydi.

Reytingning oldingi yetakchilariga o‘xshab, mamlakat tarixiga ko‘plab harbiy to‘ntarishlar, siyosiy qulliklar va mojarolar hamrohlik qilgan. Boshqa tomondan Niger YaIMi jon boshiga 1 153 dollarni tashkil etadi, bu esa uni rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga qo‘shishga imkon beradi. Aytgancha, bu yerda uran va neftning katta zaxiralari jamlangan.

Dunyo aholisining tengsizligi va qashshoqlikning aql bovar qilmaydigan darajasini eng boy odamlardan faqat sakkiztasi dunyo aholisining 50 foizi bilan teng boylikka ega ekanligi tasdiqlab beradi. Bu esa yer yuzidagi odamlarning 1 foizi, qolgan 99 foizga qaraganda boyroq ekanini anglatadi. Bu to‘g‘rida esa keyingi maqolalarimizda so‘z yuritamiz.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.