Dunyodagi eng qimmat chinni qancha turadi?

Idish sifatida chinni estetik jihatdan yoqimli materiallardan biridir. Bundan tashqari, bunday idishlar arzon bo‘lmaydi. Qizig‘i, ba’zi choy ashyolari 10 millionlab dollarga tushishi mumkin ekan.

Xo‘sh, qaysi chinni idish sayyoradagi eng qimmat hisoblanadi?
Hayratlanarli rekord miniatyura shaklidagi, o‘lchami 8 santimetrdan sal ko‘proq piyolani sotish paytida o‘rnatildi. Uning qiymati esa 35 million dollardan oshib ketdi.
Ushbu anjom tarixiy ahamiyatga ega, chunki u qadimgi davrlarda ishlab chiqarilgan. Piyola “Jo‘ja filjoni” (Chicken Cup) nomini oldi, chunki unda uy parrandalari tasvirlangan. Eng qimmat chinni piyola xitoylik zarshunos kolleksiyasidan joy oldi.

Yana bir choy piyolasi savdosidan 9 million dollarga yaqin pul yig‘ildi. Unda nilufar guli chizmasi tasvirlangan. E’tiborlisi, bu ikki rekord darajadagi qimmatbaho chinni buyumlari bir necha yil avval tegishli auksionlardan birida bir vaqtning o‘zida sotilgan edi.