Dunyodagi eng qimmat choynak

Bu «Chitra Sollection» nodir to‘plamining “Egoist” choynagidir. 2016 yilda "Ginnesning rekordlar kitobi" uning qiymatini 1 million dollarga baholadi va bu hashamatli choynakka ushbu maqomni berdi.

Uni tayyorlash uchun 1730 soat vaqt ketdi. Choynak eng yuqori standartdagi sariq oltindan qilingan. U qimmatbaho toshlar (1658 ta olmos va 386 ta yoqut) bilan bezatilgan, uning dastasi mamont fil tish suyagidan qilingan. Markazida joylashgan 6 karatli va qopqog‘idagi 20 karatli yoqut tosh alohida e’tiborga molik.

Choynakni yasatish g‘oyasi Newby Teas choy kompaniyasining egasi va asoschisi Nirmal Sethiyaga tegishli. Choynak faqat bir porsiya choy damlash uchun mo‘ljallangan, shu sababli u “Egoist” nomini oldi.

"Men “Egoist”ni butun dunyoni choyning tarixiy va madaniy ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilish uchun yaratdim", deydi janob Sethiya.

Ma’lumot uchun: Chitra Collection – bu choy madaniyati bilan bog‘liq noyob antiqa buyumlar to‘plamidir. 2011 yilda Nirmal Sethiya o‘z oldiga madaniy merosni saqlab qolish uchun eng katta choy antikvarlari kolleksiyasini yig‘ish vazifasini qo‘ydi. Bugungi kunda uning marhum rafiqasi Chitraning nomi bilan atalgan kolleksiya dunyodagi eng yirik deb hisoblanadi, u 2000 ga yaqin buyumni o‘z ichiga oladi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.