Dunyodagi eng uzun temiryo‘l

Xitoyliklar Laosda 414 kilometr yangi temiryo‘l uchastkasini qurdi. Bu bilan Lissabondan Singapurgacha bo‘lgan barcha yo‘llar tutashdi. Shu tariqa 13 mamlakatdan o‘tadigan dunyodagi eng uzun – 18065 kilometr yo‘l paydo bo‘ldi. Ushbu masofani 10-12 kunda poyezdda – dengizdan ikki marta tez bosib o‘tish mumkin. Ammo maxsus poyezd rejalashtirilayotgani yo‘q. Bu faqat sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin. Iroq hozircha viza masalasi qator muammolarni keltirib chiqarayotir. Hozirda "Lissabon – Singapur" yo‘nalishi bo‘yicha turli qulaylikdagi poyezdlar qatnamoqda. Ularning jadvallari bir-biriga juda noo‘ng‘ay tutashadi. Shu bois sayyohlar yo‘lni bosib o‘tishi uchun uch hafta vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Yer yuzida qaysi shahar eng qadimgi?
Biz Samarqand shahrini eng qadimgi deb bilamiz. Biroq Yer yuzida qadim shaharlar ko‘p ekan. 2022 yilda Yerevan o‘zining 2804 yilligini nishonlaydi. Rim Samarqand bilan tengdosh – 2775 yil. Livanda Bibl (finikiyaliklar bu shaharni Gebal deb atagan) shahri 7 ming yoshda. Bolgariyaning Plovliv shahri – 6 ming, Misrning Luksora shahri 5,2, Suriyaning Damashq va Quddusdagi Aleppo shaharlari 4,5 ming yoshda. Rossiyaning Kerch, Derbent shaharlari 2 ming yoshda.

Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi Isrixon shahri inson yashay boshlagan Yer yuzidagi eng qadim shaharlardan biri bo‘lgan, deyiladi tarixiy manbalarda. Bu haqda Injilda ham bir necha bor eslatiladi. U dunyoda dengiz sathidan eng past – 150 metr pastlikda joylashgan yagona shahar. Hozirda unda 20 ming aholi yashaydi.

T.Shomurodov tayyorladi.