Faqat bir kishi yashaydigan shaharlar
Megapolislar aholisi doimiy ravishda o‘sib bormoqda: odamlar yaxshiroq va qulayroq hayot izlab, katta shaharlarga oqib kelishadi. Dunyo xaritasida haqiqatan ham faqat bir kishi yashaydigan aholi punktlari bor.
Yangi Zelandiyadagi Kass shahri har dam olish kunlari mehmonlarni qabul qiladi
Bu manzilgoh XIX asrda u yerdagi oltin qazib oluvchilar tirikchiligini ta’minlash uchun qoramol boqish maqsadida qurilgan. Qulay geografik joylashuvdagi aholi punktida yo‘l yotqizildi, otxona va mehmonxonalar qurildi, politsiya idorasi va kutubxona barpo etildi. 1914 yilda u yerda temir yo‘l stansiyasi paydo bo‘ldi.
Yillar o‘tib, qo‘ychilikka ehtiyoj kamaydi, aholi yaqin atrofdagi shaharlarga ko‘chib o‘tdi, Kassda faqat bir temiryo‘lchi qolib ketdi.
25 yildan ortiq vaqt davomida u temir yo‘llarni boshqarib keladi, kichik golf maydonchasi va sayyohlar uchun mo‘ljallangan bir nechta dam olish uylarini tartibga keltiradi, barni boshqaradi va musiqa sahnasini tozalaydi. Shuningdek, u har dam olish kunlari o‘tkaziladigan kriket o‘yinlari uchun javobgar hisoblanadi.
Radiatsiya bilan ifloslangan Tomiokada bir kishi yashaydi
Yaponiyaning Tomioka shahri 2011 yil mart oyida zilzila va sunami oqibatida vayron bo‘lgan “Fukusima” AESi yaqinida joylashgan. Yaponiya hukumati zararlangan hududdagi Tomiokaning barcha aholisini majburan evakuasiya qildi.
Atom elektr stansiyasiga 20 kilometr yaqinlikdagi hududda radiasiya darajasi yuqori bo‘lgan va u yerda yashash qat’iyan man etilgan Tomiokaning sobiq yashovchisi o‘z uyiga u qaytishga jiddiy qaror qildi.
U o‘z hayotini suv ta’minoti o‘chirilgan Tomiokada umuman elektr energiyasiz o‘tkazdi. Garchi 2017 yilda Yaponiya hukumati aholiga qaytishga ruxsat bergan va 2020 yilda Olimpiya o‘yinlari olovini Tomioka orqali o‘tkazib ketish uchun marshrut qo‘ygan bo‘lsa-da, shaharning ko‘plab hududlari hanuzgacha tashlandiq holatda qolib kelmoqda.
AQSh va Kanada chegarasida joylashgan Lore
Lore kichik aholi punkti bir vaqtning o‘zida yuqorida nomlari keltirilgan mamlakatlar o‘rtasidagi chegara bo‘ylab aeroport, bojxona va avtomobil yo‘llari cho‘zilgan bir nechta muhim strategik funksiyalarni bajaradi.
Shahar o‘tgan asrda, Vashington shtatidagi amerikaliklar Kanada bilan chegarani tezda kesib o‘tishlari va qo‘shni davlatning ko‘llari yonida joylashgan dala hovlilariga yetib olish uchun faol foydalanilgan. Bugungi kunda u yerda faqat bir kishi yashaydi. Aynan u shaharning butun kichik infratuzilmasini kuzatib boradi.
Argentinadagi Vilya Epekuyen 15 yilga suvga sho‘ng‘idi
1920 yilda Argentinadagi Vilya Epekuen tuzli ko‘l qirg‘og‘ida xuddi shu nomdagi kurort shaharchasi tashkil etilgan. Ko‘l shu daraja sho‘r bo‘lib chiqdiki, konsyentratsiya bo‘yicha u O‘lik dengizdan keyin ikkinchi o‘ringa qo‘yildi.
1970 yilda aholisi 5000 kishidan ko‘proq bo‘lgan shaharda odamlar mehmonxonalar, salonlar, muzeylar va hatto, qassobxona ham ochdilar. Shahar rivojlanishda davom etayotgan edi, biroq tabiiy ofat tufayli yengildi.
1993 yilda haddan tashqari ko‘p yomg‘ir yog‘ishi ortidan mahalliy ko‘l hajmi sezilarli darajada oshdi, suv sathi ko‘tarilib, to‘g‘onni buzdi, shahar butunlay suv ostida qoldi.
15 yil davomida suv yerni tark etmadi va faqat 2009 yilga kelib quruqlikda qishloq ko‘rindi. Sobiq aholining hech biri sho‘r shaharga qaytishga botinmadi, faqat bir nafar 81 yoshli chol o‘z vataniga qaytishga qaror qildi. Hozirda uning tirik-tirikmasligi noma’lumligicha qolmoqda.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.