Dunyodagi qochqinlar soni yana 3,5 millionga ortdi

Birlashgan millatlar tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi dunyo bo‘yicha qochqinlar haqda bayonot berdi.

So‘nggi 10 yil ichida dunyo bo‘yicha urushlar oqibatida o‘z mamlakatdan chiqib ketganlar soni 85 millionga yetgan. Endilikda Ukrainadagi voqealar sabab qochqinlar soni yana 3,5 million kishi qo‘shildi.

Ukrainada 24 fevraldan buyon mamlakatni 3,5 million kishi tark etgan, tinch aholining 953 nafari halok bo‘lgan va 1 557 kishi yaralangan. Hisobotga ko‘ra, 3 million 557 ming 245 nafar ukrainalik qo‘shni davlatlarga ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan. Ularning yarmidan ko‘pi Polshaga ketgan.

BMT tez orada qochqinlar soni yana bir necha millionga yetishi mumkinligini aytmoqda.