Dunyoning qaysi shaharlarida eng ko‘p odam yashaydi?

2021 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, sayyorada 7,9 milliarddan ortiq odam yashaydi. Dunyo aholisining aksariyati, albatta yaxshi ish topish imkoniyati va har doim borish mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar joylar va taacsurotlarga to‘la hayot ta’minlangan shaharlar va aholi punktlarida yashashni afzal ko‘radi. Ayni paytda dunyoda 5 milliondan ortiq aholisiga ega 80 dan ziyod shaharlar mavjud. 20 milliondan ortiq erkak va ayolga ega megapolislar borligi to‘g‘risida bilarmidingiz? Ushbu maqolaning bir qismi sifatida bir necha qiziqarli faktlarni tanladik, ular barchani qiziqtaradi, degan niyatda sizni ushbu joylar haqida bilib olishga taklif etamiz.

Qiziqarli fakt: Hozirning o‘zida sayyoramizning tashqarisida bo‘lgan 7 kishi bor. Ular taxminan 430 kilometr balandlikda joylashgan va soatiga 270 kilometr tezlikda harakatlanadigan Xalqaro kosmik stansiyasining  ekipaj a’zolaridir.

Tokio (Yaponiya). 38 million kishi

Вид на Токио с высоты птичьего полета

Ba’zilar Yaponiya poytaxti dunyodagi eng gavjum shahar emas deb ta’kidlashi mumkin. Axir, "Google" u yerda atigi 14 million kishi istiqomat qilishidan so‘zlaydi-da. Biroq, Yaponiyaning eng rivojlangan qismi – Katta Tokio 38 milliondan ortiq aholiga ega, chunki u Tokiodan tashqari Tiba, Kanagava va Saitama ma’muriy bo‘linmalarini o‘z ichiga olgan. Yuqori texnologiya va o‘tmish me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan bu shahar 1603 yilda tashkil topgan va mamlakatning asosiy madaniy, moliyaviy va siyosiy  markazi hisoblanadi.

Токио — очень густонаселенный город

Tokioda issiq plyajlar yo‘q, u yerda tog‘ cho‘qqilari zabt etish bilan o‘zingizni xursand qila olmaysiz. Tig‘izlik paytda Rossiyaning Moskva shahri bu yirik megapolis oldida cho‘l bo‘lib ko‘rinadi. Bu shahar o‘zining boy tarixi, jonli ko‘chalari va yuqori texnologiyalari bilan odamlarni o‘ziga tortadi. Shuningdek, Tokio juda ham xavfsiz shahar, hatto kechasi bir guruh mast erkaklarga yo‘liqib qolsangiz, ular sizdan kechirim so‘rab, o‘z yo‘lida davom etishadi.

 Dehli (Hindiston). 28 million kishi

Город Дели тоже является очень густо населенным местом

Dehli Hindistonning eng qadimgi shaharlaridan biridir. U miloddan avvalgi 500 yilda tashkil etilgan va hozirda Hindistonning sakkiz shahridan tashkil topgan turli davrlariga oid yodgorliklarni o‘zida saqlaydi. Afsuski, ko‘plab yirik shaharlar singari Dehli ham atrof-muhitning ifloslanishidan aziyat chekmoqda. Muhimi, havoni avtomobillar ifloslantiradi, bunga qarata Hindiston hukumati kelajakda odamlarni elektr transportiga o‘tkazishni rejalashtirgan. Atrof-muhit to‘liq hayot uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lmagan xarobalar aholisi tomonidan ham qattiq zaharlanadi. Yashovchilar ko‘pincha chiqindi yoqib yuboradi, ular orasida plastik va boshqa zararli materiallar ko‘p.Трущобы Дели

Dehlida diqqatga sazovor joylar juda ko‘p. Bunga misol qilib 12 gektar maydonni egallagan Akshardham majmuasini keltirish mumkin. Asosiy tuzilma turli xil hind uslublarni o‘zida mujassam etgan va go‘zal bog‘lar bilan o‘ralgan. Mahalliy ko‘l suvi mamlakatning turli hududlaridan olib kelingan. O‘zining ulkan hajmi tufayli Akshardham ibodatxonasi majmuasi "Ginnesning rekordlar kitobi"ga kiritilgan.

San-Paulu (Braziliya). 22 million kishi

Maydoni 152 kilometr, aholisi esa 22 kishiga yetadigan San-Paulu janubiy yarim shardagi eng ko‘p aholi yashaydigan shahardir. Ulkan shaharning ko‘rinishi turli tarixiy  davrlarning uslublarini o‘zida mujassam etgan. Shu bilan birga, bu makon texnologiya jihatdan yaxshi rivojlangan va ba’zida ilmiy fantastik filmlaridagi kelajak shaharga o‘xshaydi. Shahar Janubiy Amerikadagi yirik sanoat markazi va mamlakatdagi eng yirik aeroportlari bilan ham mashhur.

Вид на огромный Сан-Паулу

Sayyohlar va bu ulkan shaharga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan odamlar uni go‘zal o‘rmon bilan o‘ralgan yorqin, shovqinli va mazali hidli joy deb juda iliq so‘zlar bilan tasvirlashadi.

Bu shaharlarning yo‘llaridagi mashinalar gavjumligi to‘g‘risida aytib o‘tishga hojat bo‘lmasa kerak. Biroq, bu kelajakda o‘zgarishi mumkin, chunki olimlar yaqinda katta miqdordagi transportga ega shaharlarda hayot imkonsiz bo‘lishi va buning uchun chora izlab topish zarurligi to‘g‘risida qayg‘urmoqdalar.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.