Dunyoning turli davlatlarida bir qarashda bema’ni ko‘ringan 12 ta taqiq

Har bir Davlatning o‘zining qonun-qoidalari mavjud, ularga rioya qilmaslik esa jazoga mahkum qiladi. Ba’zida shunday taqiqlar uchraydiki, ular shafqatsiz yoki bema’nidek tuyuladi gohida. Biroq, masalaga chuqurroq yondashilsa,  qattiqqo‘l yondashuv, ko‘p holatda o‘zini oqlaganini ajablanib kuzatish mumkin.

Biz butun dunyodan eng g‘alati taqiqlarni yig‘dik va ularga izoh topishga harakat qildik. Foydali ma’lumotni Siz bilan bo‘lishishga shoshildik.

1. Bolalar go‘zallik tanlovlari (Fransiya)

Fransiyada 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar uchun go‘zallik tanlovlarini o‘tkazishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Endilikda hech bir qizaloq “Mini-miss Fransiya” tojini ololmaydi. Taqiqni buzgan tashkilotchilarga, 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 30 ming yevrogacha jarima xavf soladi. “Kelinglar, qizlarimizni yoshligidan ularning hayotdagi yagona boyligi – bu ularning tashqi ko‘rinishi, degan tushunchaga ishonishga majbur qilmaydik” – degan taklifni qilishdi qonun tashabbuschilari.

2. Yumaloq akvariumlar (Italiya)

Italiyaning Monsa shaharchasi mansabdorlari baliqlarni yumaloq akvariumda boqishni taqiqlashdi, mazkur qonunni keyinroq Rimda ham tatbiq etishdi. Gap shundaki, bu toifadagi akvariumlar juda zararli: ularda filtr uchun joy yo‘q va ular suv tozaligini ta’minlamaydi.

3. G‘iybat (Filippin)

Filippinning Binalonan shahrida yangi qonunga ko‘ra, mish-mish tarqatish taqiqlanadi. Shahar ma’muriyatining fikriga ko‘ra, g‘iybatlar janjallarga sabab bo‘ladi, g‘iybatga sarflangan vaqtni esa ezgu amallarga yo‘naltirish mumkin. Taqiqni buzganlarga 200 peso (3.5 yevro) shtraf va jamoat ishlari jazosi nazarda tutilgan. Endilikda, qo‘shnilar bilan pichirlashishdan oldin, g‘iybat uchun nafaqat cho‘ntaklarini bo‘shatishlari mumkinligini, balki shahar ko‘chalarini  supurishga majbur qilishlari ham mumkinligini  odamlar yodda saqlashlari lozim.

4. Itlarni bir kunda 3 martadan kam sayrga olib chiqish (Italiya)

Turinda (Italiya) it egalari o‘zlarining jonvorlarini bir kunda 3 martadan kam bo‘lmagan tartibda sayrga olib chiqishlari lozim, aks holda 500 yevro jarimaga yo‘liqishlari mumkin. Itlarni sayridan daromad olmoqchi bo‘lganlar uchun yaxshi yangilik. Itlar uchun ham, albatta. Jonivorlarga yanada baxtli va qulay olam yaratishga bo‘lgan intilishlari uchun Italiya hukumati RETA (hayvonlarni qo‘riqlash tashkiloti)  tomonidan olqishlandi.  

5. Vinni Pux ayiqchasi (Polsha)

Bolalar o‘yin maydonchasini bo‘lajak ko‘rinishini Tushin (Polsha) ma’muriyati muhokama qilib, Vinni Pux ayig‘i nomzodini qat’iyan olib tashlashdi. Shahar ma’muriyati yarim yalong‘och ayiq o‘sib kelayotgan avlodga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrga kelishdi. Ayiqning tasviri noma’qul deb topildi va bolalar muassasalarida hamda dam olish maskanlarida taqiqlandi.

6. Mahalliy aholi uchun kazino (Monako)

Monako badavlat insonlarni o‘ziga jalb qilish markaziga aylanmoqda, buning sabablaridan biri – bu salobatli va muhtasham kazinolar. O‘yin muassasalarining eshiklari dunyoning barcha joyidan kelgan mehmonlar uchun ochiq, ammo aniqlanishicha, o‘zining fuqarolari uchun yopiq ekan. Sababi oddiy: Monako hukumati mahalliy aholi o‘yinga berilib ketib, jabr ko‘rishlaridan, pullaridan ajrab qolishlaridan xavotirlanishar ekan.

7. Bolalarga tarsaki tushirish (Shvetsiya)

Bolalarni har qanday jismoniy jazolashni taqiqlagan birinchi davlat, Shvetsiya bo‘ldi. Qonun qabul qilingandan beri (1979 yil) bir necha avlod voyaga yetdi. Shu kabi me’yor keyinchalik Finlyandiya, Norvegiya, Avstriya va boshqa davlatlarda  qabul qilindi. Ushbu holat, dastlab g‘alati tuyilgan cheklovning, amalda qanchalik to‘g‘ri va ijobiy qaror ekanligini yaqqol namunasidir.

8. Fotomemlarni ko‘chirish va qayta jo‘natish (Avstraliya)

Avstraliyada fotomemlarni va kulguli videolarni tarqatish taqiqlangan. Agar siz YouTube-videolavhani o‘z obunachilaringiz bilan bo‘lishsangiz, sizga 93.5 ming dollar jarima yoki 5 yil qamoq jazosi xavf soladi. Bu yerda mualliflik huquqi haqidagi qonun judayam qattiq, uni internet foydalanuvchilari vahima va tavakkal qilish bilan buzishga majbur bo‘lishadi. Hozirgi kunda ushbu cheklovni yumshatish yoki bekor qilish urinishlari amalga oshirilmoqda, ammo hozircha samarasiz.

9. Yarim tundan so‘ng videoo‘yinlar o‘ynash (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreyada videoo‘yinlar bozorining o‘sishi jiddiy muammo -    bolalar o‘yinqaroqligini yuzaga keltirdi. Tobelikni kamaytirish maqsadida hukumat “Zolushka qonuni” deb nomlangan cheklov kiritdi. Endi 16 yoshga kirmagan bolalarga soat 00:00 dan 06:00 gacha onlayn – o‘yinlar o‘ynash taqiqlandi. Qonunni nazorat qilmagan o‘yin kompaniyalariga 10 ming dollar jarima joriy etilgan. Mansabdor javobgar shaxslarga 2 yil qamoq jazosi xavf soladi.   

10. Ko‘cha taomlari va selfi tayoqlari (Italiya)

Hukumat Milan markazida ko‘cha taomlarini sotishni taqiqladi, shu bilan birga selfi tayoqlari va shisha (butilka) idishlar qonundan tashqarida deb e’lon qilindi. Cheklovlar ko‘chalarda tartibni saqlashga qaratilgan. Politsiya sayyohni “nomunosib xulqi” uchun 900 yevro (odatda kamroq) jarima solishi va belgilangan hududni 48 soat mobaynida tark etishni taqiqlashi mumkin.

11. Yasmin (Xitoy)

2010 yilda Tunisda bo‘lgan “Yasmin inqilobi”, Xitoydagi norozi aholini ilhomlantirishidan cho‘chib Xitoy kommunistik davlati hukumati ushbu oq nafis gulni jazoladi. Messenjerlarda yasminni ifodalovchi xitoy iyerogliflari bloklandi, internetdan yasmin haqida kuylangan videolar o‘chirib tashlandi, do‘konlarda yasmin guli sotilishi taqiqlandi.

12. Daraxtlarga osilib chiqish  (Kanada)

Toronto (Kanada) munitsipial qonunlar to‘plamida bog‘da daraxtlarga osilib chiqish taqiqlangan. Bu qoida yosh bolalar bilan birga, yoshi kattalarga ham taalluqli. Bu qonunni buzganlar tuzukkina jarimaga tortilishlari mumkin (2013 yili yosh yigit 365 dollar jarimaga tortilgan edi).  Taqiq odamlarni sog‘ligidan xavotir tufayli va daraxtlarga g‘amxo‘rlik nuqtai nazaridan amalga oshirilgan, shunday bo‘lsa ham, ko‘pchilika bu taqiq oshiqchaday tuyiladi.

Bekzod Musurmov tarjimasi.