Dunyoning turli mamlakatlaridagi kulgili qonun va taqiqlari
Oxirgi ikki yil davomida dunyoda hech kim turli mamlakatlar va shaharlarda niqob taqmaganligi, karantin yoki komendantlik soati qoidalarini buzganlik uchun jarima solinganidan hayratda qolgani yo‘q. Chegarani kesib o‘tishda, restoranlar yoki boshqa jamoat joylariga tashrif buyurishida test va emlashlarsiz taqiq va cheklovlarga barchamiz o‘rganib qolgandik...
Ko‘pchilik bu yangi cheklovlarsiz ham dunyoning turli mamlakatlarida juda ko‘p jiddiy, kulgili, ahmoqona va ba’zida bema’ni tuyuladigan qonun va taqiqlar borligini unutib qo‘ygan yoki ular borligi haqida hatto gumon ham qilmagan bo‘lishi mumkin. Aytgancha, ularning aksariyati AQShda yuritiladi, lekin ba’zi boshqa davlatlar ham ulardan qolishmaydi. Ba’zi taqiqlar shunchalik bema’niki, oddiy odamning bunday ishni qilishi u yoqda tursin, hatto jarimaga tortilishi hech qachon xayoliga ham kelmasa kerak. Sayyoh nafaqat jarima to‘lashi, balki qamoqqa olinishi mumkin bo‘lgan haqiqiy huquqbuzarliklar ham bor. Bugun ular bilan tanishamiz.
Xitoy
Cho‘kayotgan odamni qutqarish qonunga ziddir, chunki bu bilan siz uning taqdiriga aralashgan bo‘lib chiqasiz.
Belgiya
Qor to‘plarini birovga uloqtirish tosh otish bilan barobar bo‘lib, bu uchun 100 yevro jarima qo‘llaniladi.
Shveysariya
Shveysariyaliklar jimjitlikni yaxshi ko‘radilar, kech soat 22.00 dan keyin qo‘shnilar tinchligini hatto hojatxona suvini qo‘yib yuborish bilan ham buzish mumkin emas.
Italiya
Italiyaning ko‘plab shaharlarida, masalan, Florensiya yoki Venetsiyada kaptarlarga ovqat berganlik uchun 500 yevro jarima bor. Florensiyadagi cherkov zinalarida ovqatlanmaslik yoki biron bir suyuqlik ichmaslik kerak, bu ham jarimaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Venetsiyada siz plyajlardagi chag‘anoqlarni terib ololmaysiz... Negaki, mumkin emas. Jarima!
Singapur
Saqich chaynash taqiqlanadi, ko‘chada tupurgan yoki chiqindi tashlagan odam katta jarimalar (500-1000 dollar)ga tortiladi.
Tailand
Ko‘chada tashlangan saqich yoki axlat uchun jarima 500 dollardan oshishi mumkin! Monarx tasviri tushirilgan banknotani bosib qo‘yganlar esa qamoqqa olinadi.
AQSh
Minnesotada yalang‘och uxlash, iflos shinalar bilan shahar bo‘ylab mashina haydash, Arizonada kaktuslarni maydalash, Alyaskada uni suratga tushirish uchun ayiqni uyg‘otish mumkin emas.
Bu siz ta’tilga ketayotib jarimaga tortilishingiz yoki chet elda qamoqqa tushishingiz mumkin bo‘lgan sarguzashtlarning to‘liq ro‘yxati emas.
***
Saytimizni kuzatib boring va dunyo mamlakatlarining qiziqarli qonun-qoidalaridan xabardor bo‘ling.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.