DXX: Jomboyda «Makarov» pistoletini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Jomboy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam Jinoyat Kodeksining 251-1 va 246-moddalari bilan sudlangan shaxs xaridorga 1 dona «Makarov» pistoleti va uning 96 dona o‘q-dorisini 10 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv davomida, foydalanishga yaroqli deb topilgan, kalibri 5,6 mm. bo‘lgan eski rusumdagi «Monte Kristo» to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari, o‘tkir tig‘li jismlar hamda boshqa ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.