DXX kubogi kimga nasib etadi?

Joriy yilning 8 aprel kuni viloyatda mahalla yoshlari o‘rtasida futbol va mini futbol bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi DXX kubogi” musobaqasiga start berilgan edi.

Ushbu sport musobaqalarida viloyatdagi 1126 ta mahalladan 3378 ta jamoa shakllantirilib, 40 ming 536 nafar yoshlar qamrab olindi.

Mini futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Toyloq tumani “Tepa qishloq” mahallasi jamoasi musobaqaning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Keyingi o‘rinlar Paxtachi tumani “Gulobod” mahallasi  va Samarqand tumani "Arabxona" mahallasi jamoalariga nasib etdi.

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Jomboy tumani “No‘sh” mahallasi jamoasi respublika bosqichida viloyatmiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Ishtixon tumani “Toy tuyoq” mahallasi, uchinchi o‘rinni Past Darg‘om tumani “Go‘zalkent” mahallasi  jamoalari qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda futbol bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichiga chiqqan jamoalar o‘rtasida yarim final o‘yinlari davom etmoqda. Bugun "Dinamo" o‘yingohida respublika yo‘llanmasi uchun final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O‘yin soat 18:00 da start oladi.