Yeguliklardagi fosfor kislotasi odamlarni yalqovlikka olib keladi(mi?)
Fosfatlar yoki ilmiy atalmishiga ko‘ra, fosfor kislotalari, sosiska, kolbasa, gazli ichimliklar, bulochka, pirog, pirojniy va qayta ishlash orqali tayyorlanadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan kimyoviy aralashmalar ovqat hazm qilishni susaytirib, organizmning muhim moddalarini o‘zlashtirishni murakkablashtirar ekan.
Fosfor kislotasi oshib ketishi insonda bir qancha jarayonlar buzilishini keltirib chiqaradi. Olimlar oziq-ovqat sanoatida bu xatarli kimyoviy aralashmalardan foydalanishni qat’iy cheklash lozimligini aytishmoqda. Fosfatlarni G‘arbiy Yevropa va AQSh aholisi ayniqsa, ko‘p iste’mol qiladi. Ularda yoshi katta kishilarning to‘rtdan bir qismida kundalik fosfor me’yori uch marta ko‘pligi, bu esa ortiqcha semirishni keltirib chiqarayotgani kuzatilmoqda.
Semizlik esa har xil kasalliklarga chalintiradi.
Fosfatlar - eng qulay oziqa qo‘shimchasi, uning yordamida mahsulotni saqlash muddati uzayadi, ta’mi buzilmaydi, go‘sht va baliqli oziq-ovqatlarda hajmi va namligi ushlab turiladi. Ammo Dallasdagi janubiy-g‘arbiy tibbiy markazi Texas universiteti tadqiqotchilari fosfatlar organizmda yog‘ning hazm bo‘lishini susaytirishi, yog‘ kislotalari ishlab chiqaruvchi va hazm qiluvchi 5 mingga yaqin genlarni o‘zgartirib yuborishini aniqladilar.
O‘z qonini fosfatlar bilan boyitgan kishi jismoniy faollikni yo‘qotadi. Yalqovlik boshlanadi, ortiqcha semirish kuzatiladi. Bolalarda xulq buzilishi, kattalarda osteoporoz - suyak mo‘rtligi rivojlanadi. Odam charchoqdan toladi, uyqu bosadi, qon bosimi oshadi.
Tadqiqotchilar 25 foiz katta yoshdagi amerikaliklar organizmida ana shu konservantlar miqdori 70 foizdan ziyodligini kuzatdilar. Yana buning ustiga tarkibida fosfatlar miqdori qanchaligi ko‘rsatilmagan mahsulotlar tobora ko‘paymoqda.
"Mir novostey"
(2019 y. 3-son)dan.