Ekspertlar: Ukrainadagi urush yangi bosqichga o‘tmoqda
Rossiya havo hujumlari va javob artilleriya o‘qlari – so‘nggi haftalarda Donbassning boshqa ko‘plab aholi punktlari kabi Donetskdan 89 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Baxmut shunday ritmda yashamoqda. Shu bilan birga, harbiy tahlilchilar Ukrainadagi urush yangi bosqichga o‘tayotganini ta’kidlamoqda: Rossiya Zaporoje va Rossiya nazoratidagi Xerson viloyati o‘rtasida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga hozirlik ko‘rmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi shanba kuni o‘qqa tutilgan Zaporoje atom elektr stansiyasi atrofidagi har qanday jangovar harakatlarni “o‘z joniga qasd qilish” deb atadi va Yevropadagi eng yirik fuqarolik yadroviy inshootiga MAGATE inspektorlari kirish imkoniga ega bo‘lishi uchun ularni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
O‘tgan yakshanba kuni Kiyevga amerikalik aktrisa Jessika Chesteyn ham tashrif buyurdi, u Ben Stiller, Shon Penn va Anjelina Jolidan keyin to‘rtinchi Gollivud mashhuriga aylandi. U Poytaxtdagi Oxmatdet bolalar shifoxonasi onkologiya bo‘limi bemorlari bilan uchrashgan. Tashrif dasturidan prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv va Ipinga tashrif ham bor edi.
Bir kun avval esa g‘alla ortilgan to‘rtta kema Ukrainaning Qora dengiz portlaridan chiqib ketdi. 22 iyul kuni Turkiya homiyligida bitim tuzilgandan beri Odessa va Chernomorskdan belgilangan portlarga jami 8 ta quruq yuk kemasi jo‘nab ketdi. Kuzatuvchilar kelishuvni “besh oy davom etgan ixtilofdagi kamyob diplomatik yutuq” deb atab, urushayotgan tomonlarning kelisha olishiga ishora qilmoqda.