Eksportbop mahsulotni zararkunandadan qanday asrash mumkin?
Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida viloyat o‘simliklar karantini hududiy inspeksiyasi tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda turli zararkunanda va karantin ob’yektlariga qarshi kurashish choralariga bag‘ishlangan yig‘ilishda shu kabi savollarga javob berildi.
Sohaga mas’ul idora xodimlari, tadbirkorlar, qayta ishlovchi va eksportyor korxona vakillari ishtirok etgan tadbirda mahsulotni eksportga chiqarish talablari, zararkunanda hasharotlardan asrash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining zararlanishining oldini olish borasida fikrlar bildirildi.
Akram FOZILOV,
viloyat o‘simliklar karantini inspeksiyasi inspektori.