Eksportchilarga soliq imtiyozi, qisqaradigan tekshiruvlar va intellektual mulk himoyasi — 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?
1 noyabrdan tibbiyot muassasalaridagi vakant lavozimlarga xohishga qarab talabalar, magistr ordinatorlarni ishga joylashtirish boshlanadi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, tuman (shahar)lar kesimida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor va tor doiradagi shifokorlar, tez tibbiy yordam muassasalarida shifokorlar, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) bo‘limlarida shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi hamda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi.
Shu sanadan boshlab tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan:
• parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, quyon parvarishi va ko‘chatchilik yo‘nalishlaridagi o‘nlab maqsadlar subsidiya ajratiladi.
Subsidiya bir nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida ajratiladi.
***
1 noyabrdan boshlab 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.
***
Shu sanadan boshlab intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan va tarqatilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va tarqatuvchilarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash idoralararo axborot almashinuvi Adliya vazirligining «IP-Protection» axborot portali orqali amalga oshiriladi.
***
Prezident qaroriga asosan 1 noyabrdan boshlab qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan ob’yekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.
***
Prezident qaroriga asosan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Bunda, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi.
Qarorga muvofiq endilikda nazorat qiluvchi organlar «xavfni tahlil etish» tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik sub’yektini xabardor qilishi shart.
Qolaversa, tadbirkorlik sub’yektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’yekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emasligi belgilandi.
***
1 noyabrdan bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jarima qo‘llanmaydi.
Shuningdek, eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’iy nazar qo‘llanadi.
***
Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi