Endi bir maktabda 15 yildan ortiq ishlagan pedagogga 50 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi
- 10.06.2019 17:54
- 682
- Ta’lim
Qarorga muvofiq, boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan xodimlarga quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;
3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;
15 yildan ortiq – 50 foiz.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatiga viloyat hokimligi taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Quyidagi jadvallarda ustama belgilanadigan Samarqanddagi hududlar ro‘yxati keltirilgan: