O‘qituvchi o‘quvchisining bilimi uchun talashsin
- 29.08.2023 16:56
- 59
- Ta’lim
Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi o‘qituvchilarning dars talashib, gohida mushtlashib ketayotganligiga guvoh bo‘lyapmiz.
«Mening darsim bir yarim stavka bo‘lish kerak, nega u kecha kelib shuncha dars oladi, o‘tgan yili qo‘shib beraman, degan edingiz».
Bunday holatlar o‘qituvchiga yarashadimi? Nega ular fan olimpiadalari, turli ko‘rik-tanlovlarda «Mening o‘quvchim bilimdon, sportchi, hammadan iqtidorli», deb talashmaydi.
Achchiq bo‘lsa-da, aytish kerak, ayrim fanlardan olimpiadaga boradigan o‘quvchi topolmay qolishyapti. «Sen borib kela qol, qatnashmasak baribir qo‘yishmaydi», deyishadi. Natija esa shunga yarasha…
Husniddin XOLDOROV.
Teglar:
o‘qituvchi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng omadsiz odamlar
- Bugun, 19:10
- O'qing, qiziq!
45 yoshdan keyingi hayot formulasi
- Bugun, 08:58
- Samarqand
Ibratli oila – bugunning qahramoni
- 15/05, 17:33
- Samarqand