Samarqand shahrida o‘qituvchi ishga tiklandi

Qonunlarimizda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.

Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turibdi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudining 2023 yil 25 maydagi qarori bilan shahardagi 80-sonli maktabga nisbatan undiruvchi T.M.ni ingliz tili fani bo‘yicha ishga tiklash to‘g‘risida ijro varaqasi kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi T.M. maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi vazifasiga tiklandi.

Bu dalilni keltirishdan maqsad shuki, har bir ish beruvchi mehnat qonunchiligini chuqur bilishi va unga qat’iy amal qilishi zarur. Shundagina xodimlarning huquqlari ishonchli himoya qilinadi, ko‘ngilsiz holatlar yuz bermaydi.

Sardor Razzoqov,

MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.