Endi davlat xizmatchilarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari nazorat qilinadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda vazirlik o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Unga ko‘ra, Agentlik hamda vazirlik davlat organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, barcha tashkilotlarda mehnat unumdorligini oshirishda sportning muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ibot va tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Memorandum bilan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi hamda uning ijrosi yuzasidan monitoring olib borishga kelishildi.