Endi daxlsizlik maqomi yo‘q: sobiq prezident Poroshenkoga qarshi birinchi da’vo ishi ochildi

Ukrainada, sobiq prezidentlarning daxlsizlik maqomini bekor qilish haqidagi qonun qabul qilingach, 2019 yil, 21 may sanasidan boshlab sobiq prezident Poroshenkoning ham daxlsizlik maqomi bekor bo‘ldi. Sababi, u kecha 2019 yil, 20 may sanasida o‘z o‘rnini yangi saylangan prezident Zelenskiyga bo‘shatib berdi.
Poroshenko prezidentlik kursisini topshirgandan unga qarshi ilk da’vo ishi ochildi.
O‘zining sobiq yordamchilaridan biri Poroshenkoni "hokimiyatni kuch bilan bosib olish va davlatga xiyonat qilish"da aybladi.
UNIAN agentligining xabariga ko‘ra, sobiq prezident Yanukovich administratsiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Andrey Portnov Davlat Qidiruv Byurosiga sobiq prezident ustidan uni ayblab da’vo ishini jo‘natgan.
Portnovning so‘zlariga ko‘ra, u prezidentdan daxlsizlik maqomi olib tashlangandan unga qarshi da’vo ishi ochish harakatini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, sobiq prezident Yanukovichning sobiq mulozimi Poroshenkoni davlatni kuch bilan bosib olish va davlatga xiyonat qilishda ayblagan.
Uning da’vo arizasi Ukraina qonunlariga binoan qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.