Endi uy-joyingiz bahosini interaktiv xizmatdan bilib olishingiz mumkin
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ko‘chmas mulk qiymatini (uy-joylarning bahosi) hisoblashning soddalashtirilgan usulini yaratish va bu orqali fuqarolarga qulaylik yaratish, shaffoflikni ta’minlashdir.
Interaktiv xizmatdan foydalanishda fuqaro viloyat va aholi punktini belgilashi, ko‘chmas mulk ob’yektining turi (ko‘p qavatli uy-joy yoki dala hovli), qavatlar sonini tanlashi, uy qurilgan material va sanasini belgilashi, shuningdek, yakunda uyning umumiy maydonini kiritishi talab etiladi. Ma’lumotlar kiritib bo‘lingach “Hisoblash” tugmasi bosilgandan keyin ko‘chmas mulk qiymati (uy-joylarning bahosi) kelib chiqadi.
Mazkur xizmatdan http://ygk.uz/uz/page/tax-calc manzili orqali foydalanish mumkin.