Endilikda poliklinikalarda hisobga turish elektron bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibini yanada osonlashtirish bo‘yicha qarori bilan poliklinikalarga hisobga qo‘yish:
- doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganda avtomatik tarzda yangi manzildagi tibbiyot muassasasiga ham hisobga qo‘yish;
- YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bergan holda;
- bevosita poliklinikaga murojaat qilgan holda;
- tug‘ilgan bolani onasining yashash manziliga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda ro‘yxatga qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Xizmat yakunida ariza beruvchilar tibbiyot muassasiga hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risida tegishli ma’lumotnomani (QR-kod qo‘yilgan) elektron yoki qog‘oz shaklida olishlari mumkin bo‘ladi.