Eng keksa olimpiyachi Feliks Senra vafot etdi
1948 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi urugvaylik Feliks Senra 107 yoshida vafot etdi. Bu haqda Germaniyaning Welt gazetasiga uning qizi xabar bergan.
Senra yelkanli sport musobaqalarida qatnashgan edi. 1948 yilgi Olimpiya o‘yinlarida urugvaylik oltinchi o‘rinni egallagan.
Senraning o‘limidan so‘ng, nemis chavandozi Villi Byuzing Olimpiya o‘yinlarining eng keksa vakiliga aylandi. U 1952 yilda Xelsinkida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashib, jamoaviy triatlon bo‘yicha kumush va individual triatlonda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Hozir u 101 yoshda.