Eng uzun saylov: AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri 15-urinishda saylandi
AQSh Kongressining Vakillar palatasi 15-urinishda spikerni sayladi. Ular Respublikachilar partiyasining vakili Kevin Makkarti bo‘ldi. U kerakli miqdordagi deputatlar qo‘llab-quvvatlashiga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu saylovlar Amerika parlamenti quyi palatasi tarixidagi eng uzun saylovlardan biriga aylandi.
Kongress quyi palatasi spikeri lavozimi Qo‘shma Shtatlarda uchinchi o‘rinda turadi. Saylovlar tugaguniga qadar parlament ishi falaj holatida qolayotgan edi. Spikersiz qonunchilar qasamyod qilib, ish boshlay olmaydi.