“Eng yaxshi kitobxon - 2024” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida mazkur kutubxona hamda uning shahar, tuman tarmoq kutubxonalari ko‘zi ojiz faol kitobxon yoshlari ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon - 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda 17 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 14 nafar ko‘zida nogironligi bor kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar 3 ta shart - tanishtiruv, o‘qilgan asarlari asosida savol-javoblar hamda hakamlar tomonidan berilgan mavzu asosida insho yozish bo‘yicha bellashdi.

Barcha ishtirokchilar bor imkoniyat va bilimini namoyish qildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra birinchi o‘rinni 59-son “Nurli maskan” maxsus ta’lim muassasasining 10-sinf o‘quvchisi, ko‘chma kutubxona kitobxoni Nazokatxon Butunboyeva, ikkinchi o‘rinni Samarqand tumanidan kelgan kitobxon Maxliyo Daminova, uchinchi o‘rinni Bulung‘ur tumani ishtirokchisi Mavlon Abdusattarov qo‘lga kiritdi. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari va g‘oliblar faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Birinchi o‘rinni egallagan N.Butunboyeva tanlovning Respublika bosqichida viloyatimiz nomidan ishtirok etadi.

Mavluda Amonova, Viloyat ko‘zi ojizlar
maxsus kutubxonasi bo‘lim mudirasi.