Erdo‘g‘an Avliyo Sofiya masjidida juma namoziga azon chaqirdi (video)

Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdo‘g‘an Avliyo Sofiya masjidida 86 yildan so‘ng ilk bora juma namoziga azon chaqirdi. Bu jarayon tasvirga olingan videolavha Tvitter foydalanuvchisi Mexmet Karakay tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi.
🇹🇷
— Mehmed Karakaya (@mkrky44) July 24, 2020
Erdogan, the Turkish leader of the Muslim world, did not bow to the imperialists and continues to disrupt all the games. Hagia Sophia, which was closed with pressure 86 years ago, was opened as a mosque by breaking its lock.#AyasofyaCamii #HagiaSophia#Αγια_Σοφια pic.twitter.com/yKv0tRGR0U
Videolavhada Turkiya yetakchisi juma namoziga azon chaqirayotganligi aks etgan. Shu bilan birga, Prezident yonida hukumat a’zolari ham bo‘lgan.
10 iyul kuni Turkiya davlat kengashi 1934 yilda Turkiya hukumati tomonidan Avliyo Sofiya ibodatxonasiga muzey maqomi berilishi to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan noqonuniy deb e’lon qildi va ibodatxonaga Masjid maqomi berilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Avliyo Sofiya ibodatxonasi (hozir masjid) miloddiy VI asrda imperator Yustian topshirig‘iga asosan barpo etilgan. Turklar Konstantinopolni bosib olganlaridan so‘ng u masjidga aylantirilgan. Ammo 1934 yilda zamonaviy Turkiya davlati asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Avliyo Sofiyaga muzey maqomini bergan.