Yerlar o‘zgarishi bo‘yicha atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi o‘tkaziladi

Prezidentimizning 2020 yil 7 sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish Qishloq xo‘jalik vazirligiga o‘tkazildi.

Shuningdek, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari ham vazirlik tasarrufiga berildi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarning tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida ularning monitoringini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.