Yerning harorati uch million yil ichida rekord darajaga yetdi

O‘tgan yili Yerning harorati 3 million yil ichida rekord ko‘rsatkichga yetdi, bu esa insoniyatni iqlim falokatiga yaqinlashtirdi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh «Petersberg iqlim bo‘yicha muloqot» forumida.

"O‘tgan yil misli ko‘rilmagan yana bir ekstremal ob-havo va iqlim falokatlari davri bo‘ldi", - dedi rasmiy. - Unga ko‘ra, atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi maksimal ko‘tarilib, sanoat davrigacha bo‘lgan darajadan 148 foizga oshdi.

Guterrish bu Yerning harorati 3 daraja oshgan va dengiz sathi 15 metrga ko‘tarilgan 3 million yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligini ta’kidladi.

"Amaldagi majburiyatlarga muvofiq, hali ham asr oxiriga kelib haroratning 2,4 darajagacha ko‘tarilishi sari bormoqdamiz. Biz tubsiz jar yoqasida turibmiz", deya ogohlantirdi BMT rahbari.

«Eng yomon «ssenariy»ning oldini olish maqsadida insoniyat rivojlanishning yanada «toza va yashil» yo‘lini boshlash uchun birgalikda harakat qilishi kerak», dedi u.

Rossiyada karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Noyabr oyida Prezident V.Putin hukumatga 2030 yilga kelib atmosferaga chiqariladigan gazlar miqdorini 1990 yilga nisbatan 70 foizgacha kamaytirish va 2050 yilgacha mamlakatda issiqxona gazlari kam chiqariladigan rivojlantirish strategiyasini yaratishni buyurdi.

G.Xoldorova tayyorladi.