Eronda o‘quvchi qizlarni zaharlashda gumon qilingan birinchi shaxslar hibsga olindi

Eron ichki ishlar vazirligi o‘quvchi qizlarning zaharlanishi bo‘yicha birinchi gumonlanuvchilarni e’lon qildi. 

Vazirlik vakili Majid Mirahmadiyning aytishicha, tergov natijalariga ko‘ra, mamlakatning besh viloyatida bir necha kishi qo‘lga olingan. 

Gumonlanuvchilar qizlarni maktabga borishiga qarshi shunday qilingani taxmin qilinmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning aksariyat hududlaridagi 52 nafar qizlar maktabida zaharlanish holati ro‘y bergan.

Eron ruhiy yetakchisi Ali Xomanaiy jinoyatchilarni afv etish huquqisiz o‘limga hukm qilish kerakligini aytgan edi. Katta norozilik namoyishlaridan so‘ng u Islom Respublikasining ba’zi dushmanlari fitna uyushtirayotganini aytib, fuqarolarni tinchlanishga chaqirgan.