Eronlik tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori qamoqxonada qolmoqda, u ochlik e’lon qildi

2023 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy dushanba kuni o‘zi saqlanayotgan Eron qamoqxonasida ochlik e’lon qilgan.

Nargiz Islom Respublikasining kasal mahbuslarga tibbiy yordam ko‘rsatishni kechiktirish va rad etish siyosatiga, shuningdek, majburiy hijobda yurishga qarshi norozilik bildirmoqda.

Bir necha oy davomida huquq himoyachisining advokati uni yurak va o‘pka kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan shifoxonaga o‘tkazishni so‘ragan, biroq rad javobi berilgan.

Nargiz Muhammadiy Mahsa Amini o‘ldirilishi ortidan hukumatga qarshi bir qancha namoyishlarni boshqargan. U bir necha bor hibsga olingan va hozir qamoqda.