Ertada havo yana soviy boshlaydi
"O‘zgidromet" bergan ma’lumotga ko‘ra, 19 dekabr kuni nam va nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
20−22 dekabr kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 20 dekabr, chorshanba kuni ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.
19−21 dekabr kunlari davrida havo harorati kechalari −0…−5 darajagacha, shimolda −5…−10 darajagacha, kunduz kunlari −2…−7 darajagacha pasayadi, bu ushbu davr uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2−3 darajaga pastdir.
22 dekabrdan harorat ko‘tarila boshlaydi, kunduz kunlari havo +7…+9 darajagacha isiydi. Havoning isishi keyingi dam olish kunlarida ham davom etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. 18−19 dekabr kunlari ayrim joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.