Erto‘lada – qo‘ziqorin

 Masalan, Alisher Norqulov farzandlari va kelinlari bilan 15 sotix tomorqasida 8 ta issiqxona tashkil etib, u yerda pomidor, bodring va ko‘katlar yetishtiradi. Tomorqaning bo‘sh qismida esa 20 tup limon ko‘chati parvarishlanadi. 
Mahallamizdagi A.Qodirov, Yo.Aslonov, Z.O‘roqov, Yu.Ermatov, E.Pirnazarovlarning xonadonlaridagi issiqxonalarda yetishtirilayotgan limon, ko‘kat, pomidor, bodring hosili barchaning havasini keltiradi. Men ham ularga qiziqib, o‘tgan yil noyabr oyida Toshkent shahridan qo‘ziqorinning "Vishenka" navidan 10 kilogramm olib kelib, uyimning yerto‘lasiga ekkandim. Bir oy o‘tib, birinchi hosilni terdim. Qo‘ziqorin ham serdaromad o‘simlik ekan. Urug‘ining har kilogramidan 10-15 kilogramgacha hosil olinarkan. Hozir mahallamizdagi bir necha oila qo‘ziqorin yetishtirmoqda.